PPX xodimlari talonchini fosh etdi.
2021 yil 24 avgust kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 18:30 larda notanish shaxs, Namangan shahar hududida joylashgan istirohat bog‘ida narxi 3.700.000 so‘mlik “Redmi Note-9 Pro” rusumli uyali telefon apparati va telefon g‘ilofi orasida bo‘lgan 100 AQSh dollari hamda 300.000 so‘m pullarini qo‘lidan tortib olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyat IIB PPXBvaJTSB PPXB 3-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 avgust kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati