14 Dekabr 2020 yil 451

PPX xodimlari o‘g‘rini fosh qildi.

Shu yil 9 dekabr' kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 09:00larda Namangan shahrida joylashgan “Sardoba” bozorida savdo qilib yurgan vaqtida noma'lum shaxs, egnidagi kurtkasining cho‘ntagidan 1.180.000 so‘m pullarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB safdor xodimlari tomonidan olib borilgan surishturuv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech