PPX xodimlari o‘g‘rini fosh etishdi.
Joriy yil 10 yanvar' kuni Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni Namangan shahar Go‘zal mahallasi hududida joylashgan “Namangan parranda bozori” oldida ketayotgan vaqtida noma'lum shaxs, cho‘ntagida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Samsung J5” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati IIB PPXvaJTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2019 yilda O‘z.R JKning 25,169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati