15 Dekabr 2021 yil 555

PPX xodimlari o‘g‘irlikda ayblangan shaxslarni qo‘lga oldi

Shu yil 9 dekabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 06:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” xiyobonidagi “Milliy ayvon” muzqaymoq pavelioni oldida qarovsiz qoldirgan umumiy narxi 600.000 so‘mlik qopda bo‘lgan bolalar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati IIB PPXvaJTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2019 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1986 yilda tug‘ilgan va Namangan shahrida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech