9 Sentyabr 2020 yil 708

PPX xodimlari avtomashinani tunagan qizlarni qo‘lga oldi.

Joriy yil 26 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 06:45 larda Namangan shahar “Chorsu dehqon bozori”ga kirish joyida turmush o‘rtog‘ining VAZ-2106 rusumli avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik buyumlar hamda shu sumka ichida bo‘lgan 1.500.000 so‘m pullarini noma'lum shaxs o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPXB safdor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida 27 avgust kuni ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2001 va 2003 yilda tug‘ilgan ikki nafar qizlar sodir etganligi aniqlangan hamda daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar, avtomashinangiz va moddiy boyliklaringizni qarovsiz qoldirmang. Birozgina e'tiborsizlik yana bir jinoyatga yo‘l ochishi mumkin.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech