28 Sentyabr 2023 yil 3435

Post-patrul xizmati xodimlariga "Planshet qurilmasi orqali bayonnoma tuzish va tegishli organga yuborish tartibi” yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining 854-son Qonuniga muvofiq Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarini o‘qitish yuzasidan Namangan viloyati IIB boshlig‘ining 2023-yil 10-sentyabr kungi farmoyishi ijrosi yuzasidan Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Namangan viloyati IIB HSvaTHMB, Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati va YHXB Axborot texnalogiyalari guruxi mutaxassisi leytenant E.Maxmudovlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi “Ma‘muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 431-son Qarori hamda Planshet qurilmasi orqali bayonnoma tuzish va tegishli organga yuborish tartibi” yuzasidan tushunchalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech