Pora taklif qilish ham jinoyat.
Joriy yil 7 mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumani IIB HPB TP profilaktika inspektori viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu yil 6 mart kuni soat 20:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini Yangiqo‘rg‘on tumanida boshqarib ketayotib, svetaforning qizil chirog‘iga to‘xtamasdan harakatni davom ettirganligi sababli unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirilgan bo‘lsada, fuqaro avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish va chora ko‘rmaslik evaziga 400.000 so‘m pora taklif qilayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur bildirgiga asosan, shu kuni soat 16:35 larda, O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tuman IIB YHXB jarima maydonida fuqaroning qarindoshi profilaktika inspektoriga 400.000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati