Pop tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Pop tumani “Xo‘jand” MFYda joylashgan “Oltinboshoq” oshxonasida tumanning “Ozod” mahallasida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov, viloyat prokurori va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Pop tumani 3-sektordagi barcha MFYlarning mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi tomonidan tumandagi masʼullarga jinoyatchilikni oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora tadbirlar yuzasidan topshiriqlar berildi. Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar tahlil qilinib bu borada birinchi navbatda mahalladagi “Beshlik” doimiy ravishda shug‘ullanishi kerakligi taʼkidlandi.
Mahallabay ishlash tizimi, hududdagi har bir xonadonning vaziyatidan xabardorlik, ish bilan taʼminlash va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish ham jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasida muhim ahamiyat ega ekanligi aytib o‘tildi va bu borada zaruriy topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati