Pop tumanida sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etgan.
2021 yil 21 mart kuni soat 23:30larda, Pop-Temiryo‘l stansiyasi yo‘lining” 1 kmda, Pop tumani Xo‘jaobod mahallasi hududida, haydovchi Pop tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro Pop tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan Kobal't rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Iskovut yo‘nalishida boshqarib borayotib, xarakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomon chetida ketayotgan piyoda, Pop tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada piyoda ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, 2021 yil 30 mart kuni vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 mart kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismiga malakalangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati