30 Yanvar 2021 yil
443
Pop tumanida qimorxona fosh etildi.
2021 yil 18 yanvar' kuni, Pop tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorini bergan ma'lumotiga asosan, viloyat IIB TEQKB TChXTB tezkor vakillari bilan hamkorlikda, Pop tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida bir guruh fuqarolarni qimor o‘yinini o‘ynashlariga sharoit yaratib berib, har bir o‘yindan 5.000 so‘mdan cho‘tal olib, moddiy manfaat ko‘rganligi aniqlangan. Daliliy ashyo o‘yin kartasi va o‘rtaga qo‘yilgan jami bo‘lib 1.785.000 so‘m pullar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 yanvar' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati