27 Aprel 2023 yil 685

Pop tumanida profilaktika kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Kun avvalida viloyatning 3-sektori hisoblangan Pop tumanida profilaktika kuni munosabati bilan tuman IIB boshlig‘i, viloyat IIB masʼullari tomonidan profilaktika inspektorlari va MFY to‘rtliklariga xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, tegishli topshiriqlar berildi.

“Profilaktika kuni” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari va voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar taʼlim muassasalarida “Davomat” tadbirlarini o‘tkazib, asosiy eʼtiborni yuqori sinf o‘quvchilariga qaratildi. O‘tkazilgan “Davomat” tadbiri davomida 41 nafar o‘quvchilar dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotganliklari aniqlanib, ularning 36 nafari dars mashg‘ulotlariga qaytarildi. Farzandiga taʼlim tarbiya berish borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 5 nafar ota-onalarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

1-son Huquq tartibot maskanida Pop tumani IIB shaxsiy tarkibi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Kun davomida profilaktika inspektorlari tomonidan 34 nafar shaxslarga sodir etgan huquqbuzarliklari uchun MJtKning tegishli moddalari bilan bayonnomalar rasmiylashtirilib, 2 nafar maʼmuriy nazorat tasiri ostiga tushuvchi shaxslarga JIB Pop tumani sudi tomonidan 6 oyga maʼmuriy nazorat o‘rnatildi hamda 3 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderlari rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari tomonidan Xonadonbay ishlash davomida xonadonlar, korxona tashkilotlar o‘rganilib, tashrif qog‘ozlari hamda jinoyatchiliklarni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech