18 Avgust 2025 yil 74

Pop tumanida “qizil” toifadagi mahallalarda xavfsizlik choralari o‘rganildi

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh bugun Pop tumanida bo‘lib, unda “Orom”, “Anhor” va “Paxtakor” mahallalari, shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, PQ-1-son Qarori ijrosini ta‘minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Ishchi guruh tomonidan mahallalardagi kriminogen vaziyat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mas‘ul rahbar va xodimlarning hisobotlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech