Pop tumanida IIB rahbariyati boshchiligida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi
Viloyat IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish manzili Pop tumani bo‘lib, unda “Anhor” mahallasi hududida xizmatga jalb etilgan xodimlarning tungi faoliyati, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirilgan xavfsizlik chora-tadbirlari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, “A.Navoiy” mahallasidagi “Huquq-tartibot maskani” faoliyati ko‘zdan kechirilib, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida yo‘lga qo‘yilgan ijobiy tajribalar tahlil qilindi.
O‘rganishlar davomida hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tumanning boshqa mahallalarida ham amaliyotga joriy etish, shuningdek kriminogen vaziyatni barqaror saqlash yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, xizmat intizomini mustahkamlash, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va boshqa sohaga daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati