4 Yanvar 2023 yil 1512

Pop tumani IIB boshlig‘i tomonidan 3-sektor hududidagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

"Obihayot " MFYda joylashgan “Ishbilarmon”, “Yurtdoshlar”, “O‘rikzor” ko‘chalarida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi tarmog‘i tortish muammosi bildirilgan edi. Ushbu murojaat ijrosini taʼminlash maqsadida sektor rahbari tashabbusi bilan 650 metr ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun maxsus texnikalar ajratildi. Yangi suv tarmog‘i tortish ishlari tugagan joylarni shag‘allashtirish masalasi ko‘tarilib, ishlar yakunlangandan so‘ng bu muammoni ham bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlar bilan kelishib olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: