Pop tumani boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz axolisi!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklarida
barcha sohalarda misli koʻrilmagan islohotlar
amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush
darajasi keskin oʻsib borayotganiga har birimiz
birdek guvoh ham
boʻlmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, oʻzgarishlar samarador boʻlishining
kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning
uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat
siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga
soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini
olishga bevosita bogʻliqdir.
Aziz Pop ahli!
Oʻzbek vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador boʻladimi, barcha
— barcha, viloyatimizda xususan tumanimizda tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning
hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan
boʻlishi shart.
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib boʻlmaydi.
“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish
ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Tumandagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir koʻrsatadi, uning
oʻziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari
joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo
muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib
chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning 77 maxallasidagi har bir koʻchasida, mahallasida,
bozorida, istirohat bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari
koʻrilayapti.
Qadrli yurtdoshlar !
Oʻzlaringga maʼlumki tumanimizdagi Chodak,
Chorkesar, Qoʻshminor va boshqa maxalla xududlariga viloyatimiz hamda
respublikamizni boshqa mintaqlaridan yoz mavsumida dam oluvchilar oqimi
yildan-yilga koʻpaymoqda, bu holat tumanimizning “Tashrif qogʻozi”ga aylanib ulgurdi.
Tumanimizda barcha soxada olib borilayotgan samarali ishlar natijasida
investitsiya muxiti rang barangligi oshmoqda va investorlar qiziqishini
oshirmoqda.
Oʻtgan yilgi dam olish mavsumida tumanimiz xududiga 10 dan ortiq davlatlar
va Respublikamizning turli viloyatlaridan 1 mln.dan oshiq sayyohlar tashrif
buyurganini koʻrishimiz mumkin.
Bu xizmat koʻrsatish sohalarini takomillashishiga va shu orqali tumanimiz
byudjetiga tushayotgan mablagʻlarni oshishiga olib kelmoqda.
Aziz vatandoshlar !
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga
qoʻyganmiz.
Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni
yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini
yanada oshirishga qaratilgan 1 — sonli qarorlari asosida jinoyatlarning
sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni
kriminogen darajasidan kelib chiqib toifalash tizimi, “mahalla yettiligi”
instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning
samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini
shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish,
kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi,
mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo
muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati
yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi 77 ta mahallaning kriminogen vaziyati
ogʻir 10 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirildi.
Barcha mahallalarning choraklik manzilli chora — tadbirlar “yoʻl
xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yoʻl xaritalari” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi
gavjum joylarga 100 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisiga 3600 gradus aylanuvchi
5 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 35 ta, bozor va savdo
markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 3 ta, jami boʻlib 142 ga
yaqin kameralar, koʻp qavatli uylarning eshiklariga 60 dan ortiq domofonlar,
uylarning kirish yoʻlaklariga 27 dan ortiq tashvish tugmalari oʻrnatildi, 19 ta
savdo muassasalari va qariyb 200 ta
xonadonlar tezkor qoʻriqlovga
olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”,
“Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 541 ga yaqin
stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 28 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda
52 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 125
ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi. Albatta bu natija beryapti.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda oʻrnatilgan kameralar yordamida
qochuvda yurgan 2 nafar, jazodan boʻyin tovlab kelgan probatsiya hisobidagi 1
nafar jinoyatchilar. Shuningdek, bedarak yoʻqolgan 1 nafar shaxslar topilib, 12
ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora — tadbirlar natijasida
“qizil” toifada qolgan 10 ta mahallalarning 7 tasida kriminogen vaziyat
saqlanmoqda.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan
hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va
oʻrganishlarni yoʻlga qoʻydik.
Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 22 ta oldini
olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror
taʼsir choralari qoʻllanildi.
Eʼtibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik
hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Tuman maxallalarida sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan
holda, 2 — chorak uchun yoʻl xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf
etish boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibini
joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodimlarni 77 ta mahallalarga
nomma – nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab
chiqdik va tarqatdik.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini
oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda
amaliy tadbirlarni ham
oʻtkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori”
degan yondashuv bilan
ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha
dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning
natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini
oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning oʻtgan 1 — choragida 43 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 86 nafar
shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq
eʼtibor berishi lozim boʻlgan hamkorlik
kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq pul topish bilan
birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini ham
oʻylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham
bunga yaqqol misol
boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot
texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir
etilayotganligi tashvishli holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari
duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi
ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumanimizdagi jinoyatlarning 36 foizini axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning oʻtgan davrida
birgina plastik kartalardan pul mablagʻlarini yechib olish holatlari yuzasidan
48 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oqibatda esa fuqarolarga 125 million. soʻmga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 19 tasi yoki 31 foizi
firibgarlik hamda 29 tasi yoki 69 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu
sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy
tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini
hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir
saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz tumandoshlar!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim
turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 3 oyi yakuniga koʻra,
Ayollar jinoyati (3-2) kamaytirishga erishgan boʻlsakda yoshlar (75-63),
muqaddam sudlanganlar (2-2) jinoyati deyarli teng koʻrsatgichda qolgan, mast
holda (0-1), ishsizlar (0-4), guruhlar (2-3), voyaga yetmaganlar (1-3), yoshlar
(8-19) jinoyatilari esa biroz oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzar -liklarga oilaviy
— maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini
bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir
mahallalarda 374 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning
muammolarini hal qilish boʻyicha 312 ta choralar koʻrildi.
Bulardan tashqari, 271 nafar ishsizlardan 186 nafari ishga joylashtirildi,
36 nafari kasbga oʻqitildi, 18 nafari esa, kasbga yoʻnaltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham
chetda qolmadi.
Ularning 3 nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 21 nafarining bandligi
taʼminlandi, 12 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb
yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning
sabab va omillarini koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib,
ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda
yashash va oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining
javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat,
tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 36 nafar bolalar, muntazam dars
qoldiruvchi 12 nafar, tarbiyasi ogʻir 106 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning
65 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona
qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 28 ta
muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish
joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 23 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yoʻl voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir
boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, ohirgi ikki yilda qariyb 1 ta holatda (2023-y. 1 ta,
2024-y. 0 ta, 2025-y. 0 ta) voyaga yetmaganlar tomonidan yoʻl — transport
hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan 2024-yilning
oʻzida voyaga yetmaganlarning 1 nafari vafot etgan, 2 nafari esa ogʻir tan jarohati
olgan.
Joriy yilda esa, 2 nafari tan jarohati olgan.
Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar!
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron boʻlib
qolmasliklari uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida
eʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham koʻrilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish yoʻlida
qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun
tumanimiz axlidan oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Barcha tashkilotlar boʻyicha tahlillar oʻtkazilayapti, mana shu mart
oyining oʻzida yuqori idoralarga, aholiga xizmat koʻrsatish, idoralarning
boshqaruv tartibini yaxshilash bilan bogliq 10 dan ortiq takliflar ishlab
chiqildi va yuborildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda koʻp masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida
ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan,
jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga
imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz
kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik
omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga
moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay”
ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va
psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi
immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda
jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga chek
qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga
hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka
chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida
xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda
daxldorlik hissi bilan
yondoshishni soʻrayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday
koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga
nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga
shaxsan kafolat beraman.
Barchamiz jinoyatdan holi
yangi Oʻzbekiston uchun
birlashaylik !!!
Pop tumani IIB boshligʻi O.Jabborov