3 Yanvar 2022 yil 758

Poezd bilan to‘qnashuv haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

2021 yil 29 dekabr' kuni soat 10:30 larda, Andijon-Toshkent temir yo‘l oralig‘idagi 112 km. 4 piketida, Pop tumani Marg‘izor MFY hududidan o‘tgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida, Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Andijon-Namangan-Toshkent shaharlararo qatnovchi, yo‘lovchi poezdini boshqarib ketayotgan vaqtida, Pop tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro Jentra rusumli avtomashinasida to‘xtash belgisiga amal qilmay harakatlanganligi uchun avtomashinaning o‘ng yon qismiga poezd kelib urilgan.

Natijada, Jentra rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu xolat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zgatilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech