22 Noyabr 2021 yil 406

“Playstation”ga o‘g‘ri tushdi

2021 yil 19 noyabr kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 noyabr' kuniga o‘tar kechasi, Namangan shahrida joylashgan komp'yuter o‘yinlari do‘konida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, do‘kon eshigining qulfini buzib kirib, xonada bo‘lgan umumiy narxi 7.000.000 so‘mlik 1 dona televizor, 2 dona “Playstation-3” o‘yin apparati va 4 dona o‘yin pul'tlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 noyabr'  kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech