12 May 2025 yil
152
Plastikdan pullarni o‘g‘irlagan shaxs fosh etildi
Joriy yilning 6 may kuni viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 10 mart kuni, Yangi Namangan tumani, “Sihatgoh” mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, fuqaro S.Xning bank plastik kartasidan 10.000.000 so‘m pulini yechib olgan shaxs, Navoiy viloyati, “Navoiy shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, fuqaro T.S ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati