Plastik kartochkadan pul o‘margan bank xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chust tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan ayol tijorat bank xodimi bo‘la turib, bankning Yangiqo‘rg‘on tuman filialida ishlovchi 1991 yilda tug‘ilgan sobiq hamkasbi bilan jinoiy til biriktirib, 2021 yil 22 dekabr' kuni xizmat xonasida komp'yuter orqali, Chust tumani Mehnatobod MFYda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidan yashirin ravishda 55.690.000 so‘m pullarini yechib olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari, ushbu shaxslar jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2021 yil
20 dekabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, tuman fermerlar kengashida faoliyat olib boruvchi 1968 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bank plastik kartasidan yashirin ravishda 45.600.000 so‘m pullarini yechib olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati