Plastik kartadan pullarni yechib olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
2021 yil 17 aprel' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 fevral' kunidan shu yil 15 aprel' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida unga tegishli ATB “Agrobank” Yangiqo‘rg‘on tumanidan berilgan “Xumo plastik” kartasidan noma'lum shaxs, jami 1.278.637 so‘m pullarni yashirin ravishda yechib olganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 may kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati