18 Iyul 2023 yil 215

Plastik kartadan pul o‘margan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023-yil 12-iyul kuni Pop tumanida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni nomaʼlum shaxs, plastik kartasidan 948.000 so‘m pullarini yechib olganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Tuman IIB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi, kredit savdo do‘koni xodimi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech