Plastik kartadan pul o‘margan shaxs qo‘lga olindi.
Shu yilning 15 mart kuni, Toshkent viloyatida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 16 avgust kunidan 20 avgust kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartalaridan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli bo‘lgan plastik kartasiga Agrobank va Apel'sin mobil ilovalari orqali 5.700.000 so‘m pul mablag‘larini o‘tkazib olganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil
20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, O‘z.R IIV TQXB xodimi va viloyat IIB TQKB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati