13 Iyun 2023 yil 233

Plastik kartadan pul o‘margan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023-yil 7-iyun kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan ayol va boshqalar ariza bilan murojaat qilib, shu yil may oyida, o‘zlarining plastik kartalaridan jami 52.000.000 so‘m pullarini nomaʼlum shaxs, yechib olganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Davlatobod tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech