19 Sentyabr 2025 yil 162

Plastik kartadagi pullarni firibgarlik bilan o‘tkazib olgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 27-avgust kuni viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, 2024-yil 12-dekabr kuni, Chortoq tumani “Sarkor” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan I.M.ni ishonchiga kirib, plastik kartasidan 64.000.000 so‘m pulini o‘tkazib olgan shaxs, Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan B.O‘. ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech