23 Avgust 2021 yil 349

Planshet va pullarni o‘margan shaxs qo‘lga olindi.

2021 yil 18 avgust kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 avgust kuniga o‘tar kechasi Namangan shahrida joylashgan “Uzmobile” uyali aloqa shahobchasiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerda bo‘lgan narxi 300 AQSh dollarlik “lenova” rusumli planshet va 3.000.000 so‘m pullarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech