28 Yanvar 2021 yil 387

Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi.

Joriy yil 24 yanvar' kuni soat 22:00 larda Pop tumani Toshkent-O‘sh A-373 yo‘lining 286 km.da noma'lum avtomashina haydovchisi avtomashinasini Qo‘qon yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, 1967 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada, jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Voqea joyida Damas rusumli avtomashinaga tegishli bo‘lgan bufer qismini siniq bo‘laklari olingan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, viloyat IIB TEQKB tezkor vakili va tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi fuqaro Damas rusumli avtomashinada sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Damas avtomashinasi esa tuman IIB jarima maydonchasiga tortilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech