5 Oktyabr 2020 yil
610
Piyodalarni urib yuborgan “Spark” ariqqa quladi.
Shu yil 30 sentyabr' kuni soat 18:45 larda, Namangan shahar Nurafshon MFY A.Xo‘jaev ko‘chasida, Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidan oqib o‘tgan “Yangiariq” arig‘iga tushib ketgan.
Natijada, jabrlanuvchilardan biri bosh miya suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan, ikkinchisi esa bosh miya chayqalishi, o‘ng bilak soxasining siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati