4 Oktyabr 2021 yil 465

Piyoda og‘ir tan jaroxati sabab shifoxonada vafot etdi.

2021 yil 2 oktyabr' kuni soat 20:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani O‘rta G‘irvon MFY hududida, Namangan tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1953 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech