18 Avgust 2021 yil
551
Piyoda og‘ir jarohat sabab vafot etdi.
2021 yil 12 avgust kuni soat 16:00 larda, Tinchlik MFY Andijon ko‘chasi hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.Natijada, piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati