Pirotexnikaga qarshi reydlar davom etmoqda.
Kirib kelayotgan yangi yil bayrami barcha yurtdoshlarimiz nigohiga bayramona shukuhni olib kirdi desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Biroq, pirotexnika vositalarining yoqimsiz tovushi ana shu ko‘tarinkilikka aks ta'sirini o‘tkazishi mumkin.
Namangan viloyati aholisi bayramni tinch va osuda o‘tkazishlarini ta'minlash maqsadida iib xodimlari pirotexnika vositalarining savdosiga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borishmoqda.
Joriy yilning 7 dekabr' kuni Namangan viloyati IIB JQB KIJQKB, Namangan shahar IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida To‘raqo‘rg‘on tumani hududdida “Spark” rusumli avtomashinada ikki nafar shubhali shaxs to‘xtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda xo‘jalik xaltasida 100 dona qutida umumiy baxosi 2.500.000 so‘mlik "Noviy Vek" nomli va “Displey Shell” nomli raketa jami bo‘lib 2.650.000 so‘mlik pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Shu kuni o‘tkazilgan yana bir tadbir natijasida Pop tumanida yashovchi fuqaroning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonida 100 dona qutida umumiy baxosi 2.500.000 so‘mlik xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan "TRENIYa" va "BRITANIK" nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Shuningdek, Namangan shahar hududida ikki nafar fuqaro “Neksiya” rusumli avtomashinasida Namangan shahrining “Yangi tong” MFY xududida yurgan vaqtlarida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina yukxonasi ko‘zdan kechirilganda xo‘jalik xaltasida 60 dona qutida umumiy baxosi 1.500.000 so‘mlik "Noviy Vek" nomli va 4 dona baxosi 75.000 so‘mdan bo‘lgan “Displey Shell” nomli raketa jami bo‘lib 1.800.000 so‘mlik pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari qonuniy qaror qabul qilishlik uchun o‘z hududlardagi IIB huzuridagi tergov bo‘linmalariga topshirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati