18 May 2021 yil
463
Pichoqdan yaralangan sotuvchi shifoxonaga yotqizildi.
Shu yil 12 may kuni soat 16:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan tumanida joylashgan savdo do‘konida, ushbu do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlovchi, Namangan tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan qorin sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro qorin o‘ng yonbosh sohasidan qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi sanchilgan kesilgan jarohati, shok anamiya og‘ir darajasi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati