23 Avgust 2021 yil 339

Paynet shaxobchasini tunagan shaxs qo‘lga olindi.

2021 yil 21 avgust kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 21 avgust kuni soat 02:30 larda noma'lum shaxs, Chortoq tumanida joylashgan paynet shaxobchasiga oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, shaxobchada bo‘lgan 4.064.000 so‘m pullari va narxi 200.000 so‘mlik “Movey” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chortoq tumani IIB EKG eksperti va tuman IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech