20 Aprel 2021 yil 427

Pastga qulagan avtomashina haydovchisi vafot etdi.

Joriy yil 19 aprel' kuni soat 23:30 larda, Chodak-Xonobod-G‘urumsaroy yo‘lining 12 km.da, Pop tumani Xonobod MFY hududida, Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, pastlikka ag‘darilib ketgan.

Natijada, haydovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech