Ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan shaxs yana jinoyat sodir etdi
Shu yil 13 dekabr' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 04:00 larda, Namangan tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi kasb-hunar maktabining 2-bosqich talabasi, 2021 yil 11 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlanib, 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berilgan, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan tumanida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasida bo‘lgan narxi 2.500.000 so‘mlik changyutgichini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati