5 Oktyabr 2020 yil 687

“O‘zini yoqib yuborgan ayol voqeasini Ozodlik radiosiga jo‘natganlarni prokuratura va Ichki Ishlar xodimlari qamashmoqchi bo‘lishyapdi” izohi bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarkalgan videolavxa yuzasidan Namangan viloyati IIBning Rasmiy ma'lumoti.

Joriy yilning 29 sentyabr' kuni “Istiqbol” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan holatga oydinlik kiritish hamda avvaldan davom etib kelayotgan uy-joy majorosini o‘rganish maqsadida marhumaning onasi M.A.Dedabaevaga mojarolik uy-joyni sotgan, hozirda Namangan shahar “Gulbog‘” MFY Pedagogika kolleji yotoqxonasida yashab kelayotgan Nasriddinova Fotima Baxriddinovna hamda uning o‘g‘li Nasriddinov Bilol Raxim o‘g‘lilar bilan suxbatlashish uchun jorriy yilning 2 oktyabr' kuni Namangan shahar “Gulbog‘” MFY Pedagogika kolleji yotoqxonasiga Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, 2-sonli IIB HPG katta inspektori va profilaktika inspektorlari borgan vaqtida ularning yotoqxona yonida bo‘layotgan suhbatini ushbu holatga umuman daxli bo‘lmagan noma'lum fuqaro tomonidan qisqa muddatli videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga noto‘g‘ri talqin bilan tarqatib yuborilgan.

Aslida videotasvirlarda aks ettirilgan holatda xodimlar tomonidan fuqarolarga nisbatan hech qanday tazyiq ishlatilmagan, aksincha surishtiruv ishlari olib borilyotgan bo‘lgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech