12 Sentyabr 2020 yil 598

O‘zganing pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi.

2020 yil 8 sentyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil sentyabr' oyida, Chortoq tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, Namangan shahrida joylashgan 4 qavatli qurilishi tugallanmagan binoni sotib olmoqchiligi, pullarni Transbankdan kredit olish yo‘li bilan berishini, binoni shifoxona qilishini, binoning podval qismini Sizga beraman va u yerda dorixona tashkil etib, dori-darmon sotish bilan shug‘ullanasiz deb aldab, binoni 2.5 mlrd. so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 900 mln. so‘m pullarni berib, hisobida 1.6 mlrd. so‘m mablag‘i bo‘lgan uning nomidagi plastik kartasidagi pullarni naqdlashtirib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini ma'lum qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 8 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech