18 Sentyabr 2021 yil 357

O‘zganing pulini o‘z ehtiyojiga ishlatgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2021 yil 17 avgust kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil aprel' oyida, Namangan tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, o‘ziga tegishli Namangan tumani hududida joylashgan ATB “Mikrokreditbank” Toshbuloq filialidan olingan kredit mablag‘ining garov ta'minoti uchun garovga qo‘yilgan molxona inshoatini 19.500 AQSh dollariga sotishini, bir oy ichida ta'qiqdan chiqartirib rasmiylashtirib berishini aytib, 13.500 AQSh dollarini olib, molxonani ta'qiqdan chiqartirib bermay, olgan pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech