17 Iyul 2021 yil 353

O‘zganing nomiga olingan mikroqarzning mashmashasi.

Shu yil 6 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil dekabr' oyida, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, aldab, Namangan shahar “Hamkorbank” ATB mintaqaviy filialidan uni nomiga 15.000.000 so‘m mikro qarz olib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, olingan mikroqarzni to‘lamay kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech