18 Dekabr 2021 yil
378
O‘zganing avtomashinasini sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yil 4 dekabr' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil yanvar' va aprel' oylarida tanishi, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2021 yilda O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Jentra va Neksiya-3 rusumli avtomashinalarni o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 13.000 AQSh dollariga sotganligini biroq ushbu avtomashinalarning egalari tomonidan olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati