O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida sayyor qabullar chortoq tumanida davom etdi.
Bugun Chortoq tumani hududida joylashgan majmua hovlisida Chortoq, Uychi, Norin, Yangiqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on tumanlari aholisi uchun qabullar bo‘lib o‘tmoqda.Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor B.Mirzaraximov, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Jalolov, Namangan viloyati Ichki boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etmoqda. Qabulga tashrif buyuruvchilarning Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ro‘yxatdan o‘tkazildi va tegishli tartibda yo‘naltirildi. Fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni joyida yoki belgilangan muddatda hal qilish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek sayyor qabul davomida birinchi marta fuqarolik pasporti olayotgan yoshlarga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan fuqarolik ID kartalari topshirildi.
Respublika ishchi guruhining sayyor qabullari ertaga Chust, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on Pop va Mingbuloq tumanlari aholis uchun davom ettiriladi.