O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi Namangan viloyatida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xavfsizlik va mudofaa masalalari qo‘mitasi raisi va a'zolari Namangan viloyati Pop tumani IIBda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganishni boshladi.
Tumanda tezkor qidiruv faoliyati, jinoyatchilarni ushlash, bedarak yo‘qolgan shaxslarni topish, fosh etilmay qolgan va sodir etilgan og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlar, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar ro‘y berishiga shart-sharoit yaratgan omillar, profilaktik ishlar samaradorligini oshirishning ahvoli ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda. Ishchi guruh huquq-tartibot organlari faoliyati davomida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ham soha xodimlariga amaliy yordamlashmoqda.
O‘rganish ishlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati