O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi markaziy tibbiy muassasalarining yetakchi mutaxassis shifokorlari tomonidan Namangan viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.
IIV Markaziy davolash profilaktika muassalarining tajribali shifokorlari ishtirokida xududlarga chiqqan xolda Namangan viloyati IIB Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi, pensionerlari va ularning oila a'zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Tibbiy ko‘rikning dastlabki kunida O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari boshchiligida IIV Markaziy Gospitali, IIV Markaziy poliklinikasi tor soha mutaxassislari va Tibbiyot bo‘limi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tadbirning mazmun mohiyati, maqsadi va undan kutilayotgan natijalar yig‘ilganlar e'tiboriga yetkazildi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi raxbariyati tomonidan tibbiyot xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va ularni bajarish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasida dispanser nazoratida turgan xodimlar, pensionerlar hamda ularning oila a'zolari rejaga asosan Tibbiyot bo‘limi Poliklinikasiga chaqirilib chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida 410 nafar biriktirilgan tarkib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan ja'mi 640 ta qabul qayd qilindi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganlarning 135 nafariga stasionar sharoitda, 260 nafariga ambulator, 15 nafariga sanatoriy-kurort sharoitda davo muolajalarini olish tavsiya etildi hamda 13ta birlamchi kasalliklar aniqlandi.
Bundan tashqari shifokorlar shahar va tuman hududlarida ham bo‘lib, xizmat vaqtida olgan jaroxati sabab nogiron bo‘lib qolgan, salomatligini yo‘qotgan mobiq xodimlar holidan xabar olishdi va ularga stasionar davolanishga tavsiya berildi.
Ayni kunlarda tibbiyot xodimlarining ko‘rik jarayonlari davom etmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad IIO xodimlari va ularning oila a'zolari salomatligini ta'minlash, ular orasida turli xastaliklar kelib chiqishini oldini olishdir.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati