3 Mart 2021 yil 339

O‘zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik liseyida “Zulfiyaxonim–vafodorlik timsoli!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 1 mart kuni IIV Namangan akademik liseyida Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bag‘ishlab “Zulfiyaxonim – vafodorlik timsoli!” mavzusida badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida lisey o‘quvchilari tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodidan turli sahna chiqishlari, she'r va kuy-qo‘shiqlar lisey jamoasi hamda tashrif buyurgan mehmonlarga taqdim etildi.

Zulfiyaxonimning hayotiy siymosida o‘zbek ayollari orasida yetakchi ro‘lni bajarib kelganligi, o‘zining og‘ir bosiqligi bilan hayot mashaqqatlarini yenga olganligi, mehribon ona va mehnatkash ayol kabi fazilatlari alohida hotirlanib, ishtirokchilarda katta ta'surotlar qoldirdi.

Shu kuni viloyat Yoshlar ittifoqi, “Maxalla” hayriya jamoat fondi jamoasi tashrif buyurib, tadbirda faol qatnashgan hamda tashkillashtirgan o‘qituvchi va o‘quvchilarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech