11 Noyabr 2020 yil
507
O‘zaro tortishuv jinoyatga yetakladi.
Shu yil 9 noyabr' kuni soat 23:55 larda Namangan shahar Go‘zal MFYda yashovchi fuqaro shahardagi 5-kichik tuman hududida joylashgan “Cheryomushka” nomli bekat oldida shovqin qilayotgan fuqaroga “Do‘konim oldida baqir-chaqir qilmasdan, bu yerdan ket”-deb, o‘zaro janjallashib, uni yog‘och bo‘lagi bilan bosh qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 noyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati