6 May 2021 yil 196

O‘z uyida “Gashish” saqlayotgan shaxs ushlandi.

Shu yil 3 may kuni shahar IIO FMB JQG tezkor vakili tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yerto‘lasida oq sellofan paketga o‘ralgan quruq holda o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun shahar IIO FMBga olingan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,41 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech