31 Iyul 2023 yil 404

Oynasi ochiq qoldirilgan avtomashina jinoyatga sharoit yaratdi

2023-yil 24-iyul kuni Davlatobod tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati JQB katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shu yil 19-iyul kuni soat 16:00 larda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan shahar Davlatobod tumani Yuqori G‘irvon MFYda joylashgan “Afsonalar vodiysi” avtoturargohidan “Spark” rusumli avtomashinasi eshigi oynasi ochiq qolganligidan foydalanib, salonida bo‘lgan kartmoni ichidan 900.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan shaxs Davlatobod tumanida yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech