10 Iyul 2021 yil 229

O‘yingohda yo‘qolgan ikki telefon

2021 yil 7 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 21:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan usti yopiq futbol o‘yingohidagi o‘rindiq ustida qarovsiz qoldirgan narxi 2.000.000 so‘mlik “Redmi 10 lite” rusumli hamda, Namanagan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli narxi 2.500.000 so‘mlik “Samsung S9” rusumli uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar Yangi Namangan tumani IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari va tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech