2 Iyul 2025 yil 124

Hovlisida taqiqlangan ekinlar parvarishlayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Joriy yilning 19-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan, Chortoq tumani, “Sohibkor” mahallasida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan fuqaro A.Rning yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida, 7 tup “Cannabis” o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech