12 May 2025 yil
135
Hovlisida “Kannabis” o‘simligini parvarishlayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 2 may kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari davomida, Pop tumani IIB xodimlari tomonidan, Pop tumani, “Pillakash” mahallasida yashovchi, fuqaro I.M yashash uyidagi ekinlar orasida 19 tup “Kannabis” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati