7 Avgust 2025 yil 58

Hovlisida giyohvandlik o‘simligi parvarishlayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Uchqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari tomonidan, Uchqo‘rg‘on tumani “Namuna” mahallasida yashovchi, fuqaro U.Ening yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, hovlisida 1 tup “ko‘knor” o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech